Professor · Filologiya fanlari doktori (DSc)

Shuhrat Ko‘chimov

Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi. «Yurislingvistika» raqamli ilmiy platformasining asoschisi — huquq va til kesishgan nuqtadagi tadqiqotlar, darsliklar va o‘quv materiallari bir joyda.

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich
Atamalar komissiyasi a’zosiVazirlar Mahkamasi huzurida
TDYU · DSc
150+ilmiy nashr
36yillik pedagogik tajriba
12yurislingvistika bo‘yicha dissertatsiya
70istiqbolli tadqiqot mavzusi

So‘zboshi

Hurmatli mehmon!

Sizni «Yurislingvistika» veb-sahifamizda xush ko‘rdik! Mazkur veb-sahifa ilg‘or rivojlangan mamlakatlar ilm-fanida o‘tgan asrlarda shakllanib, hozirda dunyoda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan «Yurislingvistika» fanini O‘zbekistonda ham taraqqiy ettirish maqsadida tashkil etildi.

Bu yerda Siz «Yurislingvistika» faniga oid jahon va O‘zbekiston ilm-fanidagi yangiliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari, darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola va o‘quv kurslari hamda ularning dasturlari bilan tanishishingiz mumkin.

O‘ylaymizki, mazkur sohaning rivoji O‘zbekistonda huquq va til ilmlarining taraqqiyotida, huquq-sudlov tizimining takomillashuvida, qonun ijodkorligi faoliyatida, umuman, mamlakatimiz yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Aziz do‘stim, o‘z navbatida, Sizdan mazkur sohani yanada takomillashtirish yuzasidan fikr, mulohaza va takliflarni kutib qolamiz hamda oldindan minnatdorlik bildiramiz!

Hurmat bilan, professor Sh. N. Ko‘chimov

Kitoblar · darsliklar · monografiyalar

Ilmiy kutubxona

Professor Sh. Ko‘chimovning asosiy asarlari. Mavjud nashrlarni PDF shaklida bepul yuklab olish mumkin.

Barcha kitoblar
Sh. N. Ko‘chimovSud lingvistik ekspertizasi2025

2025 · Darslik

Sud lingvistik ekspertizasi

Toshkent davlat yuridik universiteti

PDF tez orada
Sh. N. Ko‘chimovYurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari2024

2024 · Darslik

Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari

PDF tez orada
Sh. N. Ko‘chimovYurislingvistika2024

2024 · Monografiya

Yurislingvistika

PDF tez orada
Sh. N. Ko‘chimovQonun tili lingvistikasi2022

2022 · Monografiya

Qonun tili lingvistikasi

PDF tez orada
Ruscha-o‘zbekcha yuridik terminlar lug‘ati

2014 · Lug‘at

Ruscha-o‘zbekcha yuridik terminlar lug‘ati

N. Sharipova bilan hammualliflikda. T.: JIDU, 233 b.

Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari (lingvo-yuridik tahlil)

2004 · Doktorlik dissertatsiyasi

Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari

Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun. Avtoreferat.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili

1995 · Nomzodlik dissertatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili

Konstitutsiya, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari asosida.

Xalqaro manbalar

Dunyo miqyosida yurislingvistika

Xalqaro jurnallar, ilmiy markazlar va raqamli arxivlar — talabalar va tadqiqotchilar uchun tanlangan manbalar.

Barcha xalqaro manbalar
IJSLLJurnal

International Journal of Speech, Language and the Law

Yurislingvistika va sud lingvistikasi sohasidagi dunyoning yetakchi ilmiy jurnali, IAFLL va IAFPA assotsiatsiyalarining rasmiy nashri (1994-yildan). Unda sud zali diskursi, mualliflikni aniqlash, tuhmat va haqorat bo‘yicha lingvistik ekspertiza mavzularidagi nufuzli tadqiqotlar chop etiladi. Tadqiqotchi va magistrlar uchun asosiy manba.

journal.equinoxpub.com
LESLIOchiq jurnal

Linguistic Evidence in Security, Law and Intelligence

AQShdagi TALE (The Association for Linguistic Evidence) assotsiatsiyasining xalqaro ochiq (bepul) ilmiy jurnali. Huquqni muhofaza qilish, milliy xavfsizlik va sud ishlarida lingvistik dalillardan foydalanish masalalarini yoritadi. Maqolalarni bepul yuklab olish mumkin.

tale-forensiclinguists.org
AIFLIlmiy institut

Aston Institute for Forensic Linguistics

Buyuk Britaniyadagi Aston universiteti qoshidagi dunyoning eng yirik va nufuzli sud lingvistikasi ilmiy-tadqiqot instituti. Zamonaviy sud ekspertizasi usullari, raqamli matnlar tahlili va lingvistik ma’lumotlar bazalari shu yerda jamlangan.

aston.ac.uk
FoLDRaqamli arxiv

Forensic Linguistic Databank

Sud lingvistikasi sohasidagi real ishlar materiallari, tahdid xatlari, firibgarlik matnlari va sud bayonnomalarining xalqaro raqamli arxivi. Doktorantlar uchun dissertatsiyalarda empirik material sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan noyob baza.

fold.aston.ac.uk

Yangiliklar

2025

«Sud lingvistik ekspertizasi» kitobi nashr etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan professor Sh. Ko‘chimovning «Sud lingvistik ekspertizasi» kitobi nashr etildi.

Batafsil

Iyun, 2019

O‘zbek yurislingvistikasi yangi tadqiqot bilan boyidi

Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi Qodirjon Mo‘ydinov «O‘zbek tili sud nutqi leksikasi» mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Avtoreferat

2017

«O‘zbekistonda til siyosatining ilmiy-nazariy masalalari»

Professor Sh. Ko‘chimovning maqolasi «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining 2017-yil 5-sonida chop etildi.

Maqola (PDF)

Fikringiz biz uchun muhim

Yurislingvistikani rivojlantirish bo‘yicha taklif, maqola yoki savolingiz bormi? Izoh qoldiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing.