1. Bosh sahifa
  2. Muallif haqida

Professor, filologiya fanlari doktori (DSc)

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi.

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich

Hayoti va faoliyati

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich 1990-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlab, shu institutda o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

1993–1996-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1995-yilda «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

1996–2016-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri, dekan, prorektor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2004-yilda «Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari (lingvo-yuridik tahlil)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi. «Huquqiy nutq», «Yurislingvistika» va «Sud lingvistik ekspertizasi asoslari» fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi; Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarida va Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida seminar-treninglar olib boradi.

150 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, darsliklar, monografiyalar va til hamda huquq bo‘yicha ilmiy maqolalar muallifi.

Faoliyat yo‘li

  1. 1990

    Nizomiy nomidagi TDPI, o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomladi

  2. 1993–1996

    IIV Akademiyasi — katta ilmiy xodim

  3. 1995

    Nomzodlik dissertatsiyasi: «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili»

  4. 1996–2016

    JIDU — kafedra mudiri, dekan, prorektor

  5. 2004

    Doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi

  6. 2017

    «Yurislingvistika» raqamli platformasiga asos soldi

  7. Hozir

    TDYU professori, Atamalar komissiyasi a’zosi

Tadqiqot yo‘nalishlari

Yurislingvistika

Til va huquq, qonun ijodkorligi va huquqiy boshqaruvda tilshunoslikning nazariy va amaliy integratsiyasi.

Sud lingvistikasi

Nutqiy huquqbuzarliklar — tuhmat, haqorat, ekstremistik nutq va tahdidlar bo‘yicha sud ishlarida lingvistik ekspertiza.

Qonunchilik texnikasi

Konstitutsiya va kodekslar asosida qonun hujjatlarining aniqligi, sintaksisi va ravshanligini tahlil qilish.

Yuridik leksikografiya

O‘zbek tilida standartlashtirilgan yuridik atamalar va terminlarni kodifikatsiya qilish, yuridik lug‘atlar yaratish.

Komissiyalar va a’zolik

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi — ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni ko‘rib chiqish, standartlashtirish va rasmiy muomalaga kiritish.
  • Xalqaro sud va huquq lingvistlari assotsiatsiyasi (IAFLL) a’zosi.
  • O‘zbekiston Respublikasi FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi 10.00.01 — O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi; PhD rahbari va DSc maslahatchisi.
  • «Yurislingvistika» raqamli ilmiy platformasining asoschisi va bosh muharriri.

Asosiy nashrlar

  • 2025«Sud lingvistik ekspertizasi» — Toshkent davlat yuridik universiteti Darslik
  • 2024«Yurislingvistika va lingvistik ekspertiza asoslari» Darslik
  • 2024«Yurislingvistika» Monografiya
  • 2022«Qonun tili lingvistikasi» Monografiya
  • 2014«Ruscha-o‘zbekcha yuridik terminlar lug‘ati» — N. Sharipova bilan hammualliflikda. T.: JIDU, 233 b. Lug‘at
  • 2013«Yuridik til nazariyasi va amaliyoti» — T.: JIDU, 220 b. Darslik
  • 2004«Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari (lingvo-yuridik tahlil)» — Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun. Avtoreferat. Doktorlik dissertatsiyasi
  • 2002«Diplomatik til asoslari» — T.: JIDU, 120 b. O‘quv qo‘llanma
  • 2001«Qonunchilik texnikasi asoslari» — A. Saidov bilan hammualliflikda. T.: Adolat, 228 b. O‘quv qo‘llanma
  • 1997«Qonun va til» — A. Saidov, L. Saidova, M. Qosimova bilan hammualliflikda. T.: Iqtisod va huquq dunyosi, 224 b. Monografiya
  • 1996«O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik texnikasi (til, uslub, huquqiy atamashunoslik)» — Til, uslub, huquqiy atamashunoslik. T.: IIV Akademiyasi, 100 b. Risola
  • 1995«O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili» — Konstitutsiya, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari asosida. Nomzodlik dissertatsiyasi

shuningdek, 150 dan ortiq ilmiy maqola